Samsung Galaxy S26 Ultra batareya sig‘imi oshiriladi

Foto: How-to-geek
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Keyingi yil boshida taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S26 Ultra batareya sig‘imi oshiriladi. Bu haqda Gizchina xabar bermoqda.

Samsung Galaxy S26 seriyasini taqdim etishga tayyorgarlik boshlangan. Yangi avlod yana uchta modeldan iborat bo‘ladi — Galaxy S26, S26+ va eng yuqori flagman S26 Ultra. Eng qiziqarli o‘zgarish aynan Ultra modelida kutilmoqda. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung bu safar batareya hajmini biroz oshirgan.

Hozir bozorda 7 000 mA/soatli akkumulyatorga ega flagmanlar paydo bo‘lsa-da, tez orada 8 000 mA/soatlik modellar ham chiqishi aytilmoqda. Shunga qaramay, Samsung an’anaviy ehtiyotkor siyosatini saqlab, katta sakrash qilmayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra 5 000 mA·soat o‘rniga 5 200 mA·soat batareya bilan keladi.

Bu oshish kundalik foydalanishda katta farq qiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Biroq oldingi Ultra modellarning aksariyati 5 000 mA/soat bilan cheklanganini olsak, 200 mA/soatlik qo‘shimcha ham bo‘lsa, bu raqobatni kuzatayotganidan darak beradi.

Shu bilan birga, yangi mish-mishlar avgust oyidagi Xitoy sertifikatsiyasi bilan mos kelmaydi. O‘sha hujjatda Galaxy S26 Ultra batareyasining nominal sig‘imi 4 885 mA/soat deb ko‘rsatilgan edi. Bu raqam tipik sig‘im 5 000 mA·soat bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Endi esa 5 200 mA/soatlik versiya haqida gap ketmoqda. Shuning uchun Samsung qaysi variantni tanlagani hali aniq emas.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Samsung Galaxy A77 smartfoni qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.