Samsung Galaxy S26 Ultra ekrani keskin yangilanadi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung’ning navbatdagi flagmani Samsung Galaxy S26 Ultra ekran borasida katta yangilanish olishi kutilmoqda. Bu haqda ishonchli insayder Ice Universe ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Samsung Galaxy S26 Ultra 10-bitli displeyga ega bo‘ladi. Bunday matritsa ranglar sonini sezilarli oshiradi. Rang uzatish aniqligi yaxshilanadi. Gradientlarda “polosalar” paydo bo‘lishi kamayadi. Bu ayniqsa tungi foto, video va HDR kontentda seziladi.

Foto: Samsung

Shuningdek, flagmanga yangi avlod Gorilla Glass o‘rnatilishi aytilmoqda. Ushbu shisha zarbalarga va tirnalishga nisbatan yanada chidamli bo‘lishi kutilmoqda. Ekran mustahkamligi oshiriladi.

Yana bir muhim yangilik — Privacy Display texnologiyasi. Ushbu rejim ekran mazmunini yon tomondan ko‘rishni qiyinlashtiradi. To‘g‘ridan qaralganda tasvir tiniq bo‘lib qoladi. Yon tomondan esa ekran xiralashib, o‘qilishi yomonlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S25 seriyasining rasmiy taqdimoti 25-fevralga rejalashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, savdolar 11-martdan boshlanadi.

Qaynoq24.uz zaryad olayotgan Samsung Galaxy S25+ yonib ketgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.