Samsung Galaxy S26 Ultra haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Insayderlarga ko‘ra, qurilma avvalgi Ultra modellaridan farqli ravishda 5200 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.
Bu so‘nggi olti yil ichida birinchi marta Ultra liniyasida 5000 mA/soatdan yuqori batareyaga qaytilayotganini anglatadi — so‘nggi bunday ko‘rsatkich Galaxy S20 Ultrada kuzatilgan edi.
Samsung o‘rta segmentda ham yangilikka tayyorlanayotgani aytilmoqda. Braziliya sertifikat bazasida ko‘ringan Galaxy A07 5G modeli 6000 mA·soat batareyaga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu esa avlodlar kesimida energiya zaxirasini oshirishga qaratilgan strategiyani ko‘rsatadi.
Galaxy S26 seriyasining taqdimoti 2026-yil yanvar oxiri uchun rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda dizayn, kamera va protsessor imkoniyatlari borasida ham ko‘proq tafsilotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz eng omadsiz Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

