Samsung kompaniyasining navbatdagi Samsung Galaxy S26 Ultra modeli bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda qurilmaga tegishli SIM-karta lotoklarining suratlari tarqaldi. Ular orqali smartfonning asosiy rang variantlari taxmin qilinmoqda.
Ma’lumotlarni mashhur insayder Ice Universe e’lon qilgan. Suratlarda Galaxy S26 Ultra qora, oq, ko‘k va binafsha ranglarda taqdim etilishi mumkinligi ko‘rinadi. Biroq oldingi mish-mishlarda tilga olingan to‘q sariq rang bu galgi suratlarda yo‘q.

Odatda SIM-lotoklar qurilma korpusi rangiga mos bo‘ladi. Shu sababli aynan shu detal orqali rang variantlarini taxmin qilish mumkin. Manbalarga ko‘ra, Samsung to‘q sariq rangni asosiy “hero” rang sifatida tanlamasligi mumkin. Bu qaror Apple’ga o‘xshashlikdan qochish bilan izohlanmoqda.
Shu bilan birga, to‘q sariq rang cheklangan miqdorda, masalan, faqat Samsung.com orqali sotiladigan maxsus variant sifatida taqdim etilishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S25 FE 200 dollarga arzonlagani haqida yozgan edi.

