Samsung Galaxy S26 Ultra qora rangda sezilarli dizayn o‘zgarishi bilan taqdim etilishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, smartfon endi kumush emas, to‘liq qora ramka bilan taqdim etiladi. Bu yechim displey atrofidagi bezellarni vizual ravishda biroz qalinroq ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi Galaxy S25 Ultra’da Jet Black va Titanium Black ranglari mavjud bo‘lib, ularning ramka ranglari farqlanadi. S26 Ultra’da esa ikkala variant ham qora ramkaga ega bo‘lishi kutilmoqda. Faqat rang soyalari o‘zaro farq qilishi mumkin.
Samsung bitta qora rang bilan cheklanmaydi, ammo dizaynda yanada uyg‘un va bir xil ko‘rinish berishga intilmoqda. Galaxy S26 Ultra shu kichik, ammo sezilarli o‘zgarish orqali tashqi ko‘rinish bo‘yicha yangi tajribani taqdim etishi mumkin.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy A57 qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

