Samsung Galaxy S27 Ultra kamerasi yangilanmasligi aytilmoqda. Telefon Sony LYT-901 — 1/1.12 dyuymli 200MP sensorini olishi mumkin edi. Ammo Samsung buni ishlatmaydi va sensor hajmi avvalgidek 1/1.3 dyuymda qoladi.
Kichik sensor va kichik piksellar signal sifatini pasaytiradi, surat sifati ham biroz yomonlashadi.
Galaxy S27 Ultra’ning kamerasi oldingi avlodlardagi 200MP ISOCELL sensoriga tayanadi. So‘nggi yillarda Samsung ko‘proq dasturiy ishlov berishga tayanib, kamerani yaxshilashga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, raqobatchilar — Oppo va vivo kabi brendlar — katta sensorli telefonlar bilan oldinga siljimoqda.
Shu bois, Galaxy S27 Ultra foydalanuvchilari katta kamera yangilanishini kutmasligi kerak.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 qanday quvvatlanish bilan chiqishi haqida yozgan edi.

