Samsung iPhone’ga o‘xshash kamera texnologiyasini joriy etishi mumkin

Foto: Android insider
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi smartfonida o‘zgaruvchan diafragmaga ega kamerani joriy etishni rejalashtirmoqda. Bunday texnologiya kamera sensoriga tushadigan yorug‘lik miqdorini avtomatik tarzda boshqarish imkonini beradi va surat sifatiga yaxshiroq nazorat o‘rnatadi.

Manbaga ko‘ra, Samsung muhandislari hozirda ushbu kamera tizimini sinovdan o‘tkazmoqda. Insayder ta’kidlashicha, o‘zgaruvchan diafragma ilk bor 2018-yilda Samsung Galaxy S9 smartfonida tajriba sifatida qo‘llangan. Biroq keyinchalik taqdim etilgan Galaxy S20 modelida bu texnologiyadan voz kechilgan.

Digital Chat Station’ning bildirishicha, Samsung ushbu yechimni qayta joriy etishga qaror qilganiga sabab — kelajakda taqdim etilishi kutilayotgan Apple iPhone 18 Pro modeli ham o‘zgaruvchan diafragmaga ega kamera bilan chiqishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlardir. Insayder Samsung‘ni bu orqali Apple’dan texnologiyani takrorlayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, koreyalik IT-gigant bukiluvchi qurilmalar uchun keng formatli ekranni ham sinovdan o‘tkazmoqda. Taxminlarga ko‘ra, shu kabi displey iPhone Fold modelisida ham paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu qurilmaning taqdimoti 2026-yil kuziga rejalashtirilgan.

Manbalarga asoslanib aytilishicha, o‘zgaruvchan diafragmaga ega kameraga birinchi bo‘lib Samsung Galaxy S27 Ultra modeli ega bo‘ladi. Uning taqdimoti ehtimolan 2027-yil boshlariga to‘g‘ri keladi.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S25+ 150 dollar arzonlashgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.