Samsung yangi DeepPix kamera sensori ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda SamMobile nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Samsung AQSh, Yevropa va Argentinada “Samsung DeepPix” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgan. Hujjatlarda yangi texnologiya CMOS tasvir sensori sifatida ko‘rsatilgan.
Samsung hozirda smartfonlar uchun o‘ttizdan ortiq ISOCELL sensori ishlab chiqaradi. Biroq kompaniya flagship smartfonlarda bir necha avlod davomida bir xil sensorlardan foydalanayotgani uchun tanqid qilinmoqda. Mutaxassislar fikricha, DeepPix liniyasi aynan shu tanqidlarga javob bo‘lishi va Galaxy telefonlarining kameralarida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.

DeepPix qaysi mahsulotlar uchun mo‘ljallangani hozircha noma’lum. Samsung yaqin oylarni Galaxy A57, Galaxy S26 seriyasi, Galaxy Z Flip 8 va Z Fold 8 kabi bir nechta yangi qurilmalar taqdim etishi kutilmoqda. Yangi sensor aynan qaysi modellarda ilk bor qo‘llanishi hozircha aniqlashtirilmagan.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy A07 yoki Galaxy A17 5G modellarining farqi haqida yozgan edi.

