Saudiya Arabistoni Isroildan Falastinni tan olishni talab qilmoqda

Foto: Bloomberg
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Saudiya Arabistoni Isroil hukumatidan Falastinni tan olishni talab qilmoqda. Bu haqda Haaretz nashri xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni rasmiylari Falastin rahbariyatiga Netanyahu boshchiligidagi hukumat davrida Isroil bilan normallashtirish jarayoni boshlanmasligini bildirgan. Bu haqda Haaretz nashriga falastinlik mansabdorlar ma’lum qilgan.

Ularning aytishicha, Saudiya tomonidan Ramallohga yuborilgan so‘nggi signallar aniq: Riyod normallashtirishga faqat Falastin davlatini yaratish bo‘yicha aniq diplomatik taklif bo‘lsa rozi bo‘ladi. Mansabdorlarning biri shunday Isroil Saudiya Arabistoni kabi davlatga diplomatik shart qo‘ya olmasligini aytgan.

Xabarga ko‘ra, Saudiya rahbariyati pozitsiyasi qat’iy. Ular hududdagi kelishuvlar aniq siyosiy yo‘l xaritasiz amalga oshmasligini bildirib kelmoqda. Saudiya Arabistoni ayniqsa ikki davlat yechimi bo‘yicha real qadamlar ko‘rilishini talab qilmoqda.

Mazkur pozitsiya Donald Trampning qayta prezident etib saylanishi ortidan Yaqin Sharq diplomatiyasiga qiziqish kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi. Isroil hukumati esa hozircha bu talablar borasida jiddiy bayonot bermadi.

Saudiya Arabistoni bilan muzokaralar yana faollashgani Isroilning o‘ta o‘ng qanot siyosatchilari va Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi ko‘chmanchilar rahbarlari noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ular Bosh vazir Benyamin Netanyahudan Falastin davlatchiligiga yo‘l ochuvchi har qanday taklifni rad etishni talab qilmoqda.

AQSh tashabbusi bilan bir nechta davlatlar tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Prezident Donald Trampning G‘azo bo‘yicha 20 banddan iborat rejasi “falastinliklarga o‘z taqdirini belgilash va davlatga erishish imkonini taklif qilishi” qayd etilgach, tanqid yanada kuchaygan.

Moliya vaziri Betsalel Smotrich Netanyahuni sukut va diplomatik sharmandalikda ayblagan. Uning fikricha, bosh vazir bir qator davlatlarning Falastin davlatini bir tomonlama tan olishiga yetarli javob bermagan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQSh G‘azo hududini ikkiga ajratish rejasini ishlab chiqayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.