Saudiya Arabistonidagi avtobus halokati oqibatida 45 nafar ziyoratchi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda The Hindu nashri xabar bermoqda.
Hodisa Madinaga yetib borishdan 25 km oldin sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 46 kishi bo‘lgan. Ulardan biri tirik qolgan va hozir shifoxonada davolanmoqda.
Halok bo‘lganlarning barchasi Hindistondan Umra ziyoratiga kelgan ziyoratchilar ekani aytilmoqda. Hindistonning Telangana shtati rahbari Revanth Reddy hodisa bo‘yicha chuqur qayg‘u bildirganini ma’lum qildi. U Hindistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi bilan vaziyatni nazorat qilayotgani aytildi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Kongoda mis konining qulab tushishi oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

