Savdo sohasidagi korxonalar 2025-yilda 35 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Foto: Advantour
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

2025-yilda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 154 mingdan ortiq yuridik shaxs tomonidan 35,3 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, savdo sohasidagi korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 819,9 trln so‘mni tashkil etgan. Shu davrda ularga 6,2 trln so‘m miqdorida soliq imtiyozlari qo‘llangan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona hisobiga 2,75 trln so‘m tushum to‘g‘ri kelgan. Bu savdo sohasida to‘langan soliqlarning 7,8 foizini tashkil etadi. Mazkur korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 68 trln so‘m bo‘lgan. Ularga qo‘llangan soliq imtiyozlari hajmi esa 326,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Top-20 korxonalar orasida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya Anglesey Food bo‘lib, u 385,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Ikkinchi o‘rinni Uzum Market egallab, uning to‘lovlari 231,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Uchinchi o‘rinda Namangan-Istiqlol Bog‘i kompaniyasi bo‘lib, u 217,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Shuningdek, Total Oil Invest 211 mlrd so‘m, Ung Petro esa 188,8 mlrd so‘m soliq to‘lagan holda yuqori o‘rinlarni egallagan.

Ushbu 20 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan tushumlarning katta qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobiga to‘g‘ri kelgan. QQS tushumi 961,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Aksiz solig‘i 521 mlrd so‘m, foyda solig‘i 497,2 mlrd so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 435,6 mlrd so‘m bo‘lgan.

Shuningdek, ijtimoiy soliq 288,4 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 32 mlrd so‘m va boshqa soliqlar 16,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Qaynoq24.uz 2025-yilda budjetga soliq tushumlari 247 trln so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.