Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar bermoqda.

Prezident jtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanishdi va kelgusi vazifalarni viloyat faollari bilan muhokama qildi. Tashrif Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi. Qur’on tilovat qilindi, duo o‘qildi.

Umumiy maydoni 45 gektar bo‘lgan hududda ulkan maqbara, 10 ming kishilik masjid, ma’muriy bino, muzey hamda kirish-chiqish ayvonlari qurildi. To‘rtta burchakdagi 75 metrli minoralar majmuaga alohida mahobat bag‘ishlaydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu joy faqat ziyorat maskani emas, balki ilm-ma’rifat va tarbiya markazi bo‘lishi maqsad qilingan. Shu bois Imom Buxoriyning hayoti, ilmiy merosi va islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini yorituvchi innovatsion muzey tashkil etildi. Majmua avval bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir bu imkoniyat 65 ming nafarga yetkazilgan.

Hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi ham faoliyat yuritmoqda. Ziyoratgoh atrofida infratuzilma kengaytirilib, 570 milliard so‘m mablag‘ evaziga mehmonxonalar va savdo-servis obyektlari barpo etildi. Natijada 1 ta to‘rt yulduzli, 2 ta uch yulduzli va 22 ta oilaviy mehmon uyi qurildi. Barcha obyektlar to‘liq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlandi. 2026-yilgacha qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirish va avtoturargohlar barpo etish rejalashtirilgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri o‘tgan besh yilda oshqozon kasalliklari respublika bo‘yicha 1,5 barobar qisqargani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.