Shomurodov “Fenerbahche”ga o‘tishi mumkin

Foto: Instagram
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning Bashakshehir klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Superliganing boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sporsafe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turkiyaning grand-klubi Fenerbahche Shomurodovning mavsumdagi yuqori o‘yinini inobatga olib, “Bashakshehir” bilan bog‘langan. Klub prezidenti G‘oksel G‘umushdo‘g futbolchi transfer huquqi uchun 20 mln yevro so‘ramoqda.

“Bashakshehir” Shomurodovni joriy mavsum boshida 5,7 mln yevroga sotib olgan. Keyingi transferdan tushadigan daromadning 10 foizi Roma klubiga beriladi.

Foto: Instagram

Eldor Shomurodov Superliga doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 1995-yil 29-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Hozirda Eldor Shomurodov Italiya futboli vakili bo‘lgan Roma klubiga tegishli bo‘lib, ijara asosida Turkiyaning Istanbul Bashakshehir jamoasida to‘p surmoqda. Asosiy pozitsiyasi hujumchi bo‘lgan futbolchi kuchli yakunlovchi zarbalari va maydondagi harakatchanligi bilan tanilgan.

Shomurodov futbolga juda erta qiziqa boshlagan. U olti yoshidan to‘p tepa boshlagan. Uning oilasida futbol muhiti kuchli bo‘lgan. Otasi Azamat Shomurodov O‘zbekiston chempionatining quyi ligalarida o‘ynagan. Akasi Sanjar ham futbol bilan shug‘ullangan.

Qaynoq24.uz Husanov «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.