Sirdaryo va Namanganda yirik narkotrafik guruhlari qo‘lga olindi

Foto: Kindel Media / Pexels
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va ichki ishlar idoralari o‘tkazgan tezkor tadbirlarda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlarida uchta katta jinoyat fosh etildi. Hodisalar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va tergov davom etmoqda.

Sirdaryoda Guli­ston shahrida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan shaxs, uning turmush o‘rtog‘i va yana bir hamkori xonadonda sintetik narkotik tayyorlab, “zakladka” orqali tarqatgani aniqlandi. Uyda tashkil qilingan nar­ko­labora­toriyadan 4 kg 373 gramm mefedron, elektron tarozi, mikser, zippaketlar va boshqa vositalar topildi. Ma’lum bo‘lishicha, ular internetdagi MDH davlatlari bo‘ylab faoliyat yurituvchi jinoyiy guruhdan yuborilgan xomashyo asosida narkotik tayyorlab sotib kelgan. Uch kishiga Jinoyat kodeksining 273 moddasi 5 qismi bilan ish qo‘zg‘atildi.

Namanganda o‘tkazilgan tadbirda esa 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro “O‘zbekiston–Qirg‘iziston” chegarasining Uychidagi qismidan noqonuniy ravishda kirib kelayotganda qo‘lga olindi. Uning sumkasidan 9 kg 702 gramm gashish aniqlandi. Unga nisbatan 223-modda 1 qism va 246 modda 2 qism bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlandi.

Yana bir holatda Namangan shahrida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan shaxs Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali kontrabanda qilingan dori vositalarini qabul qilayotganda ushlanib, undan 3,2 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi 24 mingdan ziyod “Regapen”, 4 880 dona “Tropikamid” hamda 61 mingdan ortiq kontrafakt dori topildi. Keyingi tadbirda ushbu mahsulotlarni buyurtma qilgan va sotish bilan shug‘ullangan 5 nafar fuqaro aniqlanib, ularga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Har uch holat bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi jazolar kuchaytirilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.