Sirdaryoda 8 ta avtomobil to‘qnashdi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Sirdaryoda qalin tuman sabab 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida fuqarolarga tan jarohati yetmagan.

Joriy yilning 26 noyabr kuni soat 07:30 lar atrofida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi “A-373” avtomobil yo‘lining “Jizzax–Toshkent” yo‘nalishi 97-kilometrida qalin tuman tushishi oqibatida yo‘l ko‘rinishi keskin cheklangan. Shu sharoitda harakatlanib ketayotgan haydovchilarning belgilangan masofani saqlamaganliklari natijasida 8 ta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Foto: Viloyat YHXB

Hozirda Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Farg‘onada 7 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.