Sirdaryoda ikki nafar IIB xodimi pora olayotganda ushlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ikki nafar IIB xodimi pora olayotganda ushlandi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Oktabr oyida Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli dala maydonidan polietilen celofan o‘g‘irlangani haqida IIBga murojaat kelib tushgan. Shundan keyin tuman IIBning Tezkor-qidiruv xizmatida podpolkovnik va mayor unvonidagi ikki nafar katta tezkor xodim 4 nafar fuqaro­ni o‘g‘rilikda gumon qilib, ularni majburan bo‘limga olib kelgan.

Ular gumonlanuvchilarni qamoqqa olish bilan qo‘rqitib, ishni “bosdi-bosdi” qilish evaziga 55 mln so‘m talab qilgan. Keyinroq zararni qoplash bahonasida 24 mln so‘m olgani aniqlangan. Shuningdek, jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik va hujjatlarni ma’muriy ish sifatida sudga yuborish evaziga qo‘shimcha 11 mln so‘m so‘rashgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki xodim 11 mln so‘mni olayotgan vaqtda ushlandi. Dalillar joyida rasmiylashtirildi.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, 2-qismi “v” va “g” bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Toshkentda noqonuniy elektron tamaki savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.