Slovakiyada ikki poyezd to‘qnashdi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Slovakiyaning Bratislava yaqinida 9-noyabr kuni ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashdi. Bu haqda Reuetrs xabar bermoqda.

Hodisa Bratislava va Pezinok orasidagi yo‘nalishda sodir bo‘ldi. Rasmiylar poyezdlar orqasidan kelib urilganini aytdi. To‘qnashuv qarama qarshi yo‘nalishda bo‘lmagan.

Foto: The Economic Times

Ichki ishlar vaziri voqea joyida bo‘lib, o‘lim holati qayd etilmaganini bildirgan. Uning aytishicha, 11 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ularning aksariyati yengil jarohat olgan. Poyezdlar ag‘darilmagan va katta halokat kuzatilmagan.

Hodisa sabablarini aniqlash davom etmoqda. Mutaxassislar signalizatsiya tizimi, operator xatosi yoki texnik nosozlikni tekshirmoqda.

Foto» RBC Ukraina

Temiryo‘l operatorlari yo‘nalishda xavfsizlik tekshiruvlarini boshladi. Avariya bo‘lgan qismda avtobuslar vaqtincha poyezdlar o‘rnini bosa boshladi. Fuqarolardan temiryo‘l qatnovlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish so‘ralmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz sayti Turkiyada atir zavodida yong‘in chiqib, olti kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.