Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, Sport vazirligi huzurida Sport sohasida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ochiladi. U sportni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etadi.

Hujjatda asosiy maqsad sifatida qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini jalb qilish belgilangan. Shuningdek, ajratilayotgan mablag‘larni markazlashtirish va samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. 2026-yil 1-apreldan boshlab yangi tartib joriy etiladi. Endi sport federatsiyalariga kamida 20 foiz homiylik kiritgan tadbirkorlar boshqaruvga jalb qilinadi.

Xuddi shunday, professional futbol klublariga ham yangi tizim tatbiq etiladi. 20 foizdan kam bo‘lmagan mablag‘ kiritgan tadbirkor klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin.

Yana bir muhim o‘zgarish soliq imtiyozlariga taalluqli. 2026-yil 1-apreldan 2029-yil 1-aprelgacha Superliga va Proligadagi futbolchilar daromad solig‘idan ozod etiladi. Ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi.

Qaynoq24.uz Arab fondi No Limits Sports O‘zbekiston klublariga ham qiziqish bildirayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.