SSV: O‘zbekistonda Nipah virusi holatlari aniqlanmadi

Foto: Pexels / Anna Shvets
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar qayd etilmadi. Epidemiologik vaziyat mamlakatda barqarorligicha qolmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik eslatishicha, Nipah virusi xavfli zoonoz virus hisoblanadi. U hayvonlardan, jumladan, ko‘rshapalaklardan odamga yuqishi mumkin. Shuningdek, virus oziq-ovqat mahsulotlari yoki odamdan odamga ham yuqishi ehtimoli mavjud. Kasallik og‘ir kechishi, miya yallig‘lanishi va nafas yo‘llari bilan bog‘liq asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Hindistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarni ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirdi. Xususan, qo‘llarni tez-tez yuvish, antiseptiklardan foydalanish, meva-sabzavotlarni iste’moldan oldin yaxshilab yuvish va tekshirilmagan suvni ichmaslik tavsiya etildi.

Virusning mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonning barcha 54 ta chegara punktida doimiy sanitariya va epidemiologik nazorat olib borilayotgani qayd etildi.

Qaynoq24.uz Efiopiyada xavfli Marburg virusi tarqalgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.