Sud hujjatlari ijrosida sun’iy intellekt keng qo‘llanadi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda sud hujjatlari ijrosida sun’iy intellekt keng qo‘llanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab ijro tizimida sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy etiladi. Natijada davlat ijrochilari qabul qiladigan qarorlarning kamida 70 foizi avtomatlashtiriladi. Shuningdek, sud va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha ish yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Barcha jarayonlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali olib boriladi.

Ijro harakatlari davomida undirilgan mablag‘larni taqsimlash jarayoni ham raqamlashtiriladi. Bu mablag‘larning ochiq va tez taqsimlanishini ta’minlaydi. Farmonda yana bir muhim yangilik belgilangan. 2026-yil 1-iyuldan boshlab ayrim mol-mulklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tasarrufiga o‘tkaziladi.

Xususan, sud hujjatlari asosida davlat daromadiga o‘tkaziladigan avtomototransport va ko‘chmas mulklar davlat ijrochisi qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladi.

Qaynoq24.uz Sudyalar oliy kengashi raisiga qo‘shimcha vakolatlar berilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.