Tailand Kambodja bilan tinchlik kelishuvini to‘xtatdi. Bu haqda DW xabar bermoqda. Hukumat bayonotida jarayon bir haftadan beri davom etgani aytildi.
Hodisa Sisaket viloyatidagi patrul vaqtida yuz bergan. Voqea tufayli ikki askar jiddiy yaralangani aytilmoqda.
Mudofaa vaziri mina yangi qo‘yilgani yoki eski mina bo‘lgani aniq emasligini bildirgan. Tailand Kambodjani minalarni tozalashga to‘sqinlik qilishda ayblab keladi. Phnompen esa bu ayblovni rad etadi.
Yozda ikki davlat o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv keskinlashgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligidan keyin iyul oyida otashkesim kuchga kirgan.
Keyingi bosqich sifatida Tailandda ushlab turilgan 18 kambodjalik askarni ozod qilish rejalashtirilgan edi. Tailand hukumatiga ko‘ra, bu jarayon ham vaqtincha to‘xtatiladi.
Chegara bo‘yicha bahs bir asrdan beri davom etadi. So‘nggi oylar qurollarni yig‘ishtirish bo‘yicha ishlar ketayotgani aytilgan edi. Lekin portlash kelishuvga bo‘lgan ishonchni susaytirdi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Ekvadordagi Machala qamoqxonasida 31 mahbus halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

