Tailandda yovvoyi fil turistni bosib o‘ldirdi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Tailandning Khao Yai milliy bog‘i hududida yovvoyi fil hujumi oqibatida turist halok bo‘ldi. Hodisa 3-fevral tongida sodir bo‘lgan. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Tailand matbuoti xabariga ko‘ra, 69 yoshli sayyoh soat 05:30 lar atrofida milliy bog‘dagi lager hududida sayrga chiqqan. U chodiridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yovvoyi fil bilan to‘qnash kelgan.

Guvohlarning aytishicha, o‘rmon zonasidan tashqarida yurgan fil erkak kishiga hujum qilgan. Xavfsizlik sabab boshqa dam oluvchilar vaziyatga aralashmagan. Turist voqea joyida, chodiridan taxminan 20 metr narida vafot etgan.

Xabar kelib tushgach, milliy bog‘ xodimlari va politsiya hodisa joyiga yetib kelib, filni lager hududidan uzoqlashtirgan. Tibbiy tekshiruv marhumda og‘ir tan jarohatlari borligini ko‘rsatgan.

Halok bo‘lgan shaxsning shaxsi aniqlangan. U Tailand fuqarosi ekani ma’lum qilingan. Rasmiylar hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Qaynoq24.uz Tailandda yo‘lovchi poyezd bilan bog‘liq og‘ir fojiada 19 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.