2026-yildan yildan boshlab bakalavriatning 2- va undan yuqori kursida o‘qiyotgan talabalar kontrkatini ish beruvchi qoplab beradi va ta’limni tugatgach, ularni ishga qabul qiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Oliy ta’lim tashkilotlari va talabalar o‘rtasida 3 tomonlama shartnomalar ishchilar soni 50 dan ortiq yoki qiymati kamida 1 mln AQSh dollari bo‘lgan loyihalarda buyurtmachi sifatida vazirlik, idora va tashkilotlar ishtirokida tuziladi.
Talabalar har yili 20 sentyabrgacha saralashda qatnashish uchun o‘z arizasini elektron shaklda topshiradi. Arizaga o‘quv yili davomida GPA ko‘rsatkichini bildiruvchi ma’lumotnoma ilova qilinadi. Tanlov komissiyasi har yili 15 oktabrgacha talabalarni suhbat asosida saralaydi. Saralashda buyurtmachi vakilining xulosasi asosiy mezon hisoblanadi.
3 tomonlama shartnoma tuzgan va ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar bitirgach, buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.
Qaynoq24.uz OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayoni 20-dekabrdan boshlanishi haqida yozgan edi.

