“Taxtlar o‘yini” seriali rasman davom ettiriladi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

HBO kompaniyasi tomonidan “Taxtlar o‘yini” seriali rasman davom ettiriladi. Bu haqda Yahoo news Kanada xabar bermoqda.

Tarmoq rahbari Keysi Bloys Nyu-Yorkdagi Hudson Yards markazida o‘tkazilgan tadbirda “House of the Dragon” va “A Knight of the Seven Kingdoms” seriallari yana yangi mavsumlar bilan qaytishini rasman tasdiqladi.

“House of the Dragon” yozda namoyish etiladigan 3-mavsumdan so‘ng 4-mavsumga ham uzaytirildi. Yangi qism 2028-yilda chiqadi. Serial Rhaenyra Targaryen (Emma D’Arcy), Alicent Hightower (Olivia Cooke) va Damon Targaryen (Matt Smith) atrofidagi siyosiy kurashlarni “Taxtlar o‘yini” voqealaridan 300 yil oldingi davrda ko‘rsatadi.

Yana bir spinoff – “A Knight of the Seven Kingdoms” – 18-yanvarda HBO‘da premyera qilinadi. Serialning 2027-yilga mo‘ljallangan 2-mavsumi ham tasdiqlandi. U Ser Dunkan Tall va yosh xizmatkori Eggning sayohatlari haqidagi voqealarni tasvirlaydi. Ushbu hikoya “House of the Dragon”dan keyin, ammo “Game of Thrones”dan oldin sodir bo‘ladi.

Serial ustida ishlayotgan Ira Parker ham yangi syujet avvalgilaridan farq qilishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Dunk va Eggning sarguzashtlari yerga yaqin, realistik va yanada shaxsiy nuqtai nazardan hikoya qilinadi.

HBO shu tariqa tomoshabinlarga har yili “Taxtlar o‘yini” olamidan yangi loyihalarni taqdim etishni davom ettiradi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Tom Kruz kino sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy “Oskar” bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.