O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze 2025-yil yakunlariga ko‘ra “Yilning eng yaxshi murabbiyi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Kapadze rahbarligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u boshchilik qilgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2018-yilda Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyi boshida Timur Kapadze milliy terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan. Shundan so‘ng ushbu lavozimga Fabio Kannavaro tayinlangan edi.
Keyinchalik Timur Kapadze Namangan shahrining Navbahor futbol klubini boshqarishni boshladi. Murabbiylik faoliyatidagi muhim yutuqlar Kapadzening O‘zbekiston futbolidagi nufuzini yana bir bor tasdiqladi.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston ilk bor FIFA Series xalqaro turniriga mezbonlik qilishi haqida yozgan edi.

