Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada otishma yuz berganini ma’lum qildi

Foto: Google
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Afg‘oniston bilan chegarada qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lganini bildirdi. Hodisa haqida TASS xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Shamsiddin Shohin tumani hududida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan terroristik guruhning uch a’zosi yo‘q qilingan. Otishma vaqtida Tojikiston chegara xizmati ikki xodimi halok bo‘lgan.

Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, to‘qnashuvdan bir kun avval Afg‘oniston tomondan kontrabandachilar kirib kelgani aytilgan. O‘sha paytda ikki chegarachi halok bo‘lgani, bir necha kishi yaralanganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Rasmiylarga ko‘ra, guruh yo‘q qilingandan so‘ng chegara hududidagi vaziyat barqaror. Qo‘mita holat nazorat ostida ekanini ta’kidladi.

Qaynoq24.uz Rossiyada o‘ldirilgan tojik bolalarining soni haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.