Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona postida Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan dori vositalari to‘xtatib qolindi.
Ma’lum qilinishicha, Tojikiston Respublikasiga chiqib ketayotgan fuqaro tekshiruvdan o‘tkazilgan. 1999-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro “Lochin” rusumli mototransport vositasini boshqargan.
Ko‘rik davomida transport tirkamasi sinchkovlik bilan tekshirildi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi.
Mazkur dori vositalari bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan. Ular orasida “Immunoglobulin” va “Ferritin” kabi preparatlar bor.
Jami 21 turdagi dori vositalari aniqlangan. Ularning taxminiy qiymati 1 milliard 50 million so‘mni tashkil etadi.
Aniqlangan mahsulotlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Farg‘onada aksiz markasiz tamaki olib o‘tayotgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

