Tom Kruz kino sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy “Oskar” bilan taqdirlandi

Foto: Getty images
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Gollivud yulduzi Tom Kruz Governors Awards marosimida faxriy “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda. Taqdirlash marosimi 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Kruz mukofotni qabul qilarkan, hissiyotga to‘la nutq so‘zladi. U kino uning uchun shunchaki kasb emas, balki hayotining o‘zi ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, kino insonlarni birlashtiradi, farqlarni qadrlashga va umumiy insoniylikni ko‘rishga yordam beradi.

“Biz qayerdan bo‘lishimizdan qat’i nazar, kinoteatrda birga kulamiz, birga his qilamiz, birga umid qilamiz. Mana shu san’atning qudrati. Shu sababli u muhim. Filmlar suratga olish men bajarayotgan ish emas, men kim ekanimning o‘zi”, — degan Tom Kruz nutqida.

Aktor bolaligida qorong‘i zalda projektor nuri orqali ilk bor kattaroq olamni ko‘rgani haqida ham esladi. O‘sha kechada yana ikki ijodkor — xoreograf Debbi Allen va sahna rassomi Uinn Tomas ham faxriy “Oskar” bilan taqdirlandi.

Foto: Getty images

Ma’lumot uchun, Tom Kruz (to‘liq ismi Tomas Krezyu Mapoter IV) 1962-yil 3-iyulda Nyu-York shtatining Sirakyuz shahrida tug‘ilgan. U Gollivud tarixidagi eng mashhur va eng ko‘p daromad keltirgan aktyorlardan biri hisoblanadi. Kruz nafaqat aktyorlik, balki prodyuserlik faoliyati bilan ham tanilgan. Uning filmlari umumiy hisobda 12 mlrd dollardan ortiq daromad keltirgan bo‘lib, bu uni kino sanoatidagi eng muvaffaqiyatli yulduzlardan biriga aylantiradi.

Tom Kruz ko‘plab yirik blokbasterlarda bosh rolni ijro etgan. Eng taniqlilaridan ba’zilari:

  • “Top Gun” (1986, 2022-yilda chiqqan “Top Gun: Maverick” bilan yana rekord qayd etdi)
  • “Mission: Impossible” franshizasi (1996-yildan boshlab 8 ta film)
  • “Jerry Maguire” (1996, “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi)
  • “Rain Man” (1988)
  • “A Few Good Men” (1992)
  • “Minority Report” (2002)
  • “The Last Samurai” (2003)

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri aktrisa Emma Stoun dunyodagi eng go‘zal ayol deb topilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.