To‘rtta davlat Eurovision 2026 tanlovini boykot qildi

Foto: Vikipediya
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Eurovision 2026 musiqiy tanlovida Isroilning qayta ishtirokiga ruxsat berilgani bir qator davlatlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Irlandiya, Ispaniya, Niderlandiya va Sloveniya tanlovni boykot qilishini ma’lum qildi. Ular Isroilning G‘azo urushidagi harakatlari hamda ovoz berish jarayonidagi adolatsizliklar haqidagi da’volarni asos sifatida keltirdi.

Jenevada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ispaniya davlat telekanali RTVE Isroil masalasi bo‘yicha yashirin ovoz berishni taklif qilgan, biroq bu taklif rad etilgani tashkilotchilarga bo‘lgan ishonchsizlikni kuchaytirgani aytildi. Irlandiya telekanali RTÉ esa G‘azodagi fojeali vaziyat fonida tanlovda qatnashishni vijdonan qabul qilib bo‘lmas deya baholadi.

Mazkur masala Yevropa Teleradiokompaniyalar Ittifoqi (EBU) yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Taxminan 50 davlat vakillari ovoz berish jarayonini manipulyatsiya qilish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan yangi qoidalarni qo‘llab-quvvatladi. BBC manbalariga ko‘ra, ushbu choralarga rozilik bildirgan a’zolar Isroilning ishtirokiga alohida ovoz berish masalasidan voz kechish sharti bilan rozi bo‘lgan.

EBU bayonotida qayd etilishicha, yangi qoidalarga amal qilgan holda barcha ishtirokchi davlatlar Eurovision 2026’da qatnasha oladi. Tashkilot tanlovning siyosiy sahnaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilganini ta’kidlagan.

Qaynoq24.uz Isroil AQSh bilan 20 yillik harbiy yordam kelishuvi bo‘yicha muzokara boshlagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.