Mahalliy vaqt bilan soat 02:28 da Qo‘yliq podstansiyasida yuzaga kelgan kichik nosozlik sabab Toshkent aeroportida qisman elektr ta’minoti uzildi.
Qayd etilishicha, uzilish samolyotlarning uchishi va qo‘nishiga ta’sir ko‘rsatmagan. Aeroportdagi barcha xizmatlar odatiy rejimda ishlashda davom etgan.
Jo‘nash va kelish zallari zaxira dizel generatorlari hamda UPS tizimlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Soat 02:49 ga kelib elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Qaynoq24.uz elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

