Toshkent markazida 14-17-noyabr kunlari bir qator yo‘llar harakati cheklanadi

Foto: Sergio Franklin / Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Toshkentda 14-17-noyabr kunlari yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi sabab vaqtincha cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda shahar hokimiyati ma’lum qildi.

15-noyabr kuni Abdulla Qodiriy ko‘chasining Ganga ko‘prigidan boshlanuvchi qismi hamda Qorasaroy ko‘chasi qisman yopiladi.

16-noyabrda esa Islom Karimov ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lakda vaqtinchalik cheklov bo‘ladi.

14-17-noyabr oralig‘ida viloyatlardan keladigan yuk mashinalari poytaxtga kiritilmaydi. Yuk transporti markaz bo‘ylab harakatlana olmaydi.

Haydovchilar uchun aylanma yo‘llar mavjud. Farg‘ona vodiysi tomondan kelayotgan tranzit esa D-012 avtomagistraliga yo‘naltiriladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.