Toshkent shahrida muddati o‘tgan dori vositalarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarining savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda Departament xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirabad tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «P.» MChJga tegishli dorixonada sotuvchi N.X. tomonidan sifati tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan 490 turdagi dori vositalari savdoga qo‘yilgani aniqlangan. Ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: Departament

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qaynoq24.uz valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.