Toshkent va Namanganda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent viloyati va Namangan viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Parkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.U. fuqaro M.A.ga “Regapen” nomli 13 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,9 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida ushbu dorilarni yetkazib bergan, avval sudlangan J.I.dan 12 dona “Regapen”, “gashish” giyohvandlik vositasi hamda elektron tarozi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ohangaron tumanida esa avval sudlangan fuqaro O‘I. fuqaro O‘E.ga 360 dona “Reduxin-Light” va yana uch turdagi jami 960 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 14,1 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Namangan viloyatida o‘tkazilgan tadbirda Pop tumani hududidagi “Namangan” YPX maskanida fuqaro A.V. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.

Natijada transport vositasida 8 turdagi jami 1 566 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dorilar fuqaro R.A. buyurtmasi asosida Toshkent shahridan Namangan shahriga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkent va Namanganda noqonuniy tamaki savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.