Toshkent viloyatining ikkita tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Departamentning Yuqorichirchiq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan F.M. fuqaro M.X.ga “Galara” nomli 100 dona dori vositasini 4 mln so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning O‘rtachirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda muqaddam sudlangan H.X. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan “Regapen” nomli 10 dona dori vositasini 1 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Andijonda ishga joylashtirish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etilgani haqida yozgan edi.

