Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Markaz bilan birga Toshkent xalqaro tijorat sudi ham tashkil etiladi. U investitsion va tijorat nizolarini ko‘rib chiqishga ixtisoslashadi. Markaz hududida moliyaviy va investitsiya faoliyati keng yo‘lga qo‘yiladi. Bank, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar va to‘lov tizimlari sohasida ishlashga ruxsat beriladi. Shuningdek, kripto aktivlar, fintex xizmatlar, islomiy va yashil moliya yo‘nalishlari ham rivojlantiriladi.

Markazda auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar ham ko‘rsatiladi. Bu hududda biznes yuritish uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi qo‘llaniladi. Bu xalqaro investorlar uchun tushunarli va ishonchli huquqiy muhit yaratadi.

Markaz boshqaruv organlariga alohida vakolatlar beriladi. Ular moliya, soliq, mehnat va boshqa sohalarni tartibga soluvchi hujjatlarni qabul qilishi mumkin. Toshkent xalqaro tijorat sudi ikki bosqichda ishlaydi. U birinchi instansiya va apellyatsiya sudlaridan iborat bo‘ladi.

Qaynoq24.uz Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.