Toshkentda 120 ming dollar kredit mablag‘ini internet qimoriga sarflagan shaxslar aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida 120 ming dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini internetdagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga sarflagan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Yashnobod tumanidagi tijorat banki filialining murojaati asosida o‘rganilgan. Tekshiruv davomida bank filiali bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan E.N. “A.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar bilan kelishilgan holda “B.B.” MChJ nomiga $120 ming kredit ajratilishiga erishgani aniqlangan.

Keyinchalik soxta hujjatlar rasmiylashtirilgan. Kredit mablag‘i naqdlash­tirilib olingan. Pul internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ishlatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Aviator savdo markazidagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.