Toshkentda 2 ming dollar pora talab qilgan hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Toshkentda 2 ming dollar pora talab qilgan hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bir nechta holat bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalanib, kapital ta’mirlash ishlari bo‘yicha noqonuniy kelishuvga borgan. U “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali qiymati 2 mlrd 73 mln so‘mlik obyekt bo‘yicha g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilot hisobiga 1,1 mlrd so‘m bo‘nak o‘tkazib bergani evaziga MChJ rahbaridan 2 ming dollar pora olgan.

Shuningdek, qurilish ishlari kechikkaniga qaramay, 643 mln 530 ming so‘m penya undirish bo‘yicha sudga kiritilgan da’vo arizasidan voz kechib, pudratchi foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga yana 5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi. Mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Yana bir holatda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tuman bo‘limlaridan biriga rahbarlik qilgan mansabdor fuqaro o‘z yashash uyining ko‘cha qismida qurilish ishlari olib borish uchun daraxtlarni kesishga ruxsat berish evaziga 3 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olingan.

Namangan viloyatida esa Pop tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U mazkur yerda kelgusida to‘yxona qurish rejalashtirilganini aytib, tadbirkordan 2025-yilda 4 500 dollar olgan. Avval sudlangan ushbu shaxs va’dasini bajara olmagach, pulning bir qismini qaytarayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur holatlar yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Qaynoq24.uz Namanganda 532,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati qayd etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.