Toshkentda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlikda gumonlangan advokat qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir DXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan. Poytaxtda faoliyat yurituvchi, avval sudlangan advokat 2 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanmasligini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28 va 211-moddalari 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz 185 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.