8-dekabr kuni soat 22:30 lar atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani hududida Yutong rusumli elektrobus tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Kuchli zarba natijasida piyoda yo‘lning qarama-qarshi tomoniga uloqib ketgan.
Shu vaqtda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan Haval rusumli avtomobil ham piyodani bosib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Chilonzorda “Monza” piyodani urib yuborgani haqida yozgan edi.

