Toshkentda chiqindilarni yig‘ish jarayoniga GPS nazorat joriy qilindi

Foto: Tim Gouw / Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent hokimligi va Transport vazirligi yangi Tozapoytaxt.uz saytini ishga tushirdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu platforma orqali poytaxt aholisi endilikda chiqindi tashuvchi maxsus mashinalarning harakatini real vaqt rejimida GPS tizimi orqali kuzatishi mumkin.

Shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq shikoyatlar va murojaatlar endi yagona tizim — xalqnazorati.uz orqali qabul qilinadi. Mazkur yangiliklar chiqindi sohasida oshkoralik, qulaylik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.

2026-yil 1-yanvardan boshlab esa yana bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda. Xususan, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholash mexanizmi joriy etiladi va mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur e’lon qilinadi.

Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,9% gacha pasaygani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.