4-yanvar kuni 22:05 da Yangihayot tumanining Mirzo Tursunzoda ko‘chasida Labo rusumli avtomobil yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lumotga ko‘ra, shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 22:13 da yetib borgan. Yong‘in 22:14 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida avtomobil butunlay yonib ketgan. Tan jarohati olganlar bor-yo‘qligi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Qaynoq24.uz Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda vafot etgani haqida yozgan edi.

