Toshkentda noqonuniy tamaki savdosi fosh etildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.T.” MChJga qarashli do‘kon sotuvchisi xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan elektron tamaki mahsulotini 300 ming so‘mga sotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida do‘kondan umumiy qiymati 174,6 mln so‘mlik mahsulotlar topildi. Gap 18 turdagi, jami 1 419 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlari haqida bormoqda. Ular daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Foto: Departament

Mirobod tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlandi. Tezkor tadbirda fuqarolar A.S., M.X. va I.T. noqonuniy savdo bilan shug‘ullanib kelgani fosh etildi. Ular xorijda ishlab chiqarilgan 540 dona “Velo” tamaki mahsulotini 50 mln so‘m va $900 ga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m olgan shaxs aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.