Toshkentda Qorbobolar paradi 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

Foto: Telegram
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Poytaxt hokimiyati Toshkentda 26-dekabr kuni Qorbobolar paradi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Tadbir Amir Temur maydonida soat 19:00 da start oladi.

Qorbobo obrazini O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy orkestrining musiqachilari ijro etadi. Ular yurish shaklida maydon bo‘ylab harakatlanib, bosh yangi yil archasi oldiga yo‘naladi.

Soat 20:30 da orkestr Magic City bog‘idan chiqib, bosh archaga tomon yo‘l oladi. 21:30 da Qorbobolar Tashkent City Mall savdo markazidan Tashkent City bog‘iga harakatlanadi.

Shundan bir kun avval poytaxtda mamlakatning bosh yangi yil archasi ochilgani xabar qilingandi. Uni bezash uchun 33 ming o‘yinchoq ishlatilgan bo‘lib, bayram maydoni 1,3 gektarni tashkil etdi. Hududga balandligi 6 metr bo‘lgan yana to‘rt archa ham o‘rnatilgan.

Qaynoq24.uz Yangi yil uchun eng yaxshi salatlar retseptini yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.