Toshkentda soliq bosh inspektori pora bilan ushlandi

Foto: Xavfsizlik
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida Soliq auditi bo‘limi bosh inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rilayotgan ish doirasida ma’lum qilindi.

Surxondaryoda ro‘yxatdan o‘tgan to‘qimachilik MChJsi faoliyatida o‘tkazilgan tafishda korxona zimmasiga qo‘shimcha 8,7 mlrd so‘m soliq hisoblandi. Sud 15 sentabr kuni qayta tafshish o‘tkazish haqida ajrim chiqargach, bosh inspektor mazkur soliqni bekor qilib berishini aytib, evaziga korxona vakillaridan 5 ming AQSh dollari olgani aniqlandi.

Ammo u hisoblangan soliqni bekor qila olmadi. Olgan 5 ming dollarni qaytarmoqchi bo‘lgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan dalillar bilan ushlandi.

Bosh inspektorga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Sirdaryoda ikki nafar IIB xodimi pora olayotganda ushlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.