Toshkent shahrida yirik chorrahalardagi tirbandlikni kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, poytaxt hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev muammoli yo‘l uchastkalarini o‘rganib chiqqan.
Shahar rasmiylari rejalariga ko‘ra, Avliyo ota va Fidokor ko‘chalarida bir yo‘nalishli harakat joriy etilishi mumkin. Bu chora tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan.
“Paxtakor” yo‘l tugunida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Zarгар va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasida avtobuslar uchun kirish qulaylashtiriladi. Bu yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari sonini 11 taga, kunlik yo‘lovchilar oqimini esa 37 ming kishigacha oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, Abdulla Qodiriy ko‘chasining Abay va Maxtumquli ko‘chalari bilan kesishmalarida, shuningdek, Sharaf Rashidov va Osiyo ko‘chalari chorrahasida harakat optimallashtiriladi. Mazkur hududlarda jamoat transportiga ustuvorlik beriladi.
Qaynoq24.uz xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati e’lon qilingani haqida yozgan edi.

