Tramp amerikaliklarga 2 ming dollar to‘lashini va’da qildi

Donald Tramp C5+1 sammitida / Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp tarif daromadidan amerikaliklarga $2 ming to‘lashini va’da qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

U Truth Social’da e’lon qilgan xabarida bu mablag‘lar tarif daromadlari hisobidan shakllanishini ta’kidlagan. Prezident bu tizim yordamida soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish va milliy qarzni kamaytirishni maqsad qilganini bildirdi.

Tramp postida tarif siyosatini tanqid qilayotganlarni ahmoq deb atagan. O‘sha paytda AQSh Oliy sudi aynan shu tarif siyosatini qonuniyligi bo‘yicha ko‘rib chiqayotgan edi. Sud a’zolari Tramp ma’muriyatining favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonundan foydalanib tarif joriy etganiga shubha bildirgan.

Trampga ko‘ra, $2 ming pul to‘lovi yuqori daromadli odamlarni qamrab olmaydi. Biroq daromad bo‘yicha aniq chegaralar aytilmadi. Mablag‘lar qachon va qanday tartibda yuborilishi ham ochiqlanmagan.

Bu Trampning amerikaliklarga tarif daromadidan to‘lov yuborish haqidagi birinchi g‘oyasi emas. Iyul oyida senator Josh Howley $600 lik to‘lovlar bo‘yicha qonun taklifi kiritgandi.

Qaynoq24.uz nashri AQSh Senati eng uzoq davom etgan hukumat bloklanishini tugatish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.