Tramp AQShda yoqilg‘i bilan ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlamoqchi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Donald Tramp AQShda yoqilg‘i bilan ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlamoqchi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Tramp avtomobillar uchun yoqilg‘i tejamkorligi standartlarini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. U bu bayonotni avtomobil sanoati yetakchilari bilan uchrashuv chog‘ida, Oq uy tomonidan jonli efirda namoyish etilgan majlisda bildirdi.

Tramp avvalgi administratsiya joriy qilgan bir qator talablarni yumshatishni taklif qilmoqda. Jumladan, u avtomobillar uchun yoqilg‘i sarfi standartlari va transport vositalarining belgilangan yurish masofasi bo‘yicha me’yorlarni pasaytirishni rejalashtirmoqda.

AQShda avtomobillarning o‘rtacha yoqilg‘i tejamkorligi bo‘yicha korporativ standartlar ilk bor 1975-yilda qabul qilingan edi. Bayden ma’muriyati ushbu talablarni bosqichma-bosqich oshirishni taklif qilgan, bu esa elektromobillarni ommalashtirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash strategiyasining bir qismi sifatida qayd etilgandi.

Trampning yangi tashabbusi tasdiqlansa, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun qonuniy talablar pasayadi. Standartlar yumshatilsa-da, kompaniyalar ularni bajarmagan taqdirda jarima solinmasligi ham ta’kidlanmoqda.

Avtomobilsozlik kompaniyalari Tramp ma’muriyatining qarorini ijobiy baholab, federal talablarni qayta ko‘rib chiqish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv yakunida Donald Tramp jurnalistlarning Venesuela prezidenti Maduro bilan telefon suhbati, Ukraina bo‘yicha kelishuv va boshqa siyosiy masalalarga doir savollariga ham javob berdi.

Qaynoq24.uz Rossiya va AQSH Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasida kelishuvga erisha olmagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.