Tramp Kolumbiya prezidenti bilan bo‘lgan suhbat tafsilotlarini ochiqladi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro bilan telefon orqali o‘tkazilgan suhbat ijobiy ruhda kechgan. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, Petro unga giyohvand moddalar savdosi hamda avval yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha vaziyatni tushuntirish uchun qo‘ng‘iroq qilgan. AQSh prezidenti suhbat ohangini yuqori baholaganini bildirgan.

“Men uning qo‘ng‘irog‘i va ohangini yuqori baholadim. Yaqin kelajakda u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman”, — deya yozgan Tramp.

Xabarga ko‘ra, davlat rahbarlarining Oq uyda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan uchrashuviga tayyorgarlikni AQSh davlat kotibi Mark Rubio hamda Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi olib bormoqda.

Avvalroq Donald Tramp Kolumbiyada kokaín ishlab chiqarilishi sabab Venesuela misolida harbiy amaliyot o‘tkazilishi ehtimolini istisno qilmagan edi. Bunga javoban Gustavo Petro AQSh hukumatini keskin tanqid qilib, uni “ochko‘z va qonundan tashqaridagi odamlar” deb atagan.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.