Tramp ma’muriyati qariyb 29 nafar AQSh elchisini lavozimidan chaqirib oladi

Foto: picture-alliance/dpa/A. Nemenov
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda rahbar lavozimlarda ishlayotgan 29 nafar elchini chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda Associated Press Davlat departamentidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jami 29 nafar elchi o‘z lavozimidagi xizmat muddati kelasi yil yanvar oyida yakunlanishi haqida rasmiy xabarnoma olgan. Ularning barchasi o‘z faoliyatini sobiq prezident Jo Bayden davrida boshlagan.

Eng ko‘p chaqirib olish holatlari Afrika qit’asida qayd etilgan. AQShning 13 ta Afrika davlatidagi elchilari ushbu qaror doirasida xabardor qilingan. Osiyo mintaqasida esa oltita davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbarlari, jumladan Vetnam va Filippindagi elchilar lavozimidan chaqirib olinadi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi kadrlar tarkibini qayta shakllantirish rejasi bilan bog‘liq.

Qaynoq24.uz AQShda bayram oldidan 7,6 mingdan ortiq reys kechikkani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.