Tramp: Putin sovuq ob-havo sabab Ukrainaga hujum qilmaydi

Foto: PA Media
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishuvga erishilganini va keskin sovuq ob-havo tufayli bir hafta davomida Kiyev hamda boshqa Ukraina shaharlariga hujumlar amalga oshirilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Rossiya tomoni ushbu kelishuvni rasman tasdiqlamagan. Shunga qaramay, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Trampning bayonotini olqishlab, Moskva va’dasiga amal qiladi degan umidini bildirdi.

Tramp hujumlar qachondan to‘xtatilishini aniq aytmadi. Biroq yaqin kunlarda Ukrainada havo harorati keskin pasayib, Kiyevda −24 darajagacha tushishi kutilmoqda. AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, u Putindan shaxsan bir hafta davomida Kiyev va boshqa aholi punktlariga zarba bermaslikni so‘ragan va Rossiya rahbari bunga rozi bo‘lgan.

Zelenskiy ham ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Trampning ushbu fikrini muhim qadam sifatida baholadi va muzokaralar jamoalar darajasida muhokama qilinganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Ukraina ham Rossiya harakatlariga mos ravishda javob choralarini ko‘rishga tayyor.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina Rossiya tomoni hujumlarni vaqtincha to‘xtatsa, o‘z navbatida Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. O‘tgan hafta Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari BAAda urush boshlanganidan buyon ilk bor uch tomonlama muzokaralar o‘tkazgan.

Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda Rossiya Ukrainadagi energetika infratuzilmasiga hujumlarni kuchaytirgan. Natijada yirik shaharlarda elektr energiyasi va isitish tizimida jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Energiya ta’minoti tiklangan taqdirda ham, u qisqa muddatga yetib, uylarni to‘liq isitish imkonini bermayapti.

Qaynoq24.uz Rossiyaning Saratov shahrida kuchli portlash yuz bergani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.